ABUELECTRIC Yozish
ABUELECTRIC MCHJ · Amudaryo

Elektrni bilamiz.
Kodni yozamiz.

Biz elektrik kasbini o'rgatuvchi Abu-Ustoz simulyatorini va boshqa foydali ilovalarni yaratamiz. Amudaryoda esa uyingiz va ishxonangiz elektr tarmog'ini o'zimiz o'rnatamiz va ta'mirlaymiz.

Amudaryo, Qoraqalpog'iston Faqat Android (Google Play)
60+elektr komponenti
14bosqichli dars
124tilda ishlaydi
6ta o'z loyihamiz
📱 Abu-Ustoz hozircha faqat Android telefonlar uchun. iPhone (App Store) versiyasi hozircha yo'q. iPhone'dan Google Play'ni ochsangiz, ilova yuklanmaydi. iPhone versiyasi chiqsa, shu sahifada e'lon qilamiz.
Abu-Ustoz ikonkasi

Abu-Ustoz

Elektrik simulyatori · Ta'lim

O'zbekistondagi birinchi elektrik o'qitish simulyatori. Telefoningizda xavfsiz sxema yig'ing: avtomat, UZO, hisoblagich, rozetka va chiroqlarni ulang. Xato qilsangiz, ilova sababini tushuntirib beradi.

  • 60+ haqiqiy elektr komponenti
  • 14 bosqichli darslar
  • Elektr kalkulyatori
  • Sxema belgilari lug'ati
  • Sun'iy intellekt yordamchi
  • 124 tilda, internetsiz ham