Abu-Ustoz · elektrik simulyatori
O'zbekistondagi birinchi elektrik o'qitish simulyatori: 60+ komponent, 14 dars, 124 tilda. Hozircha faqat Android telefonlar uchun.
Batafsil va yuklab olishO'zbekistonning 14 viloyati va barcha tumanlaridagi elektriklar bir joyda. Viloyatni tanlang va ustaga to'g'ridan-to'g'ri qo'ng'iroq qiling, vositachisiz.
Har bir ilovani o'zimiz o'ylab topamiz, yozamiz va qo'llab-quvvatlaymiz. Avval o'z muammomizni hal qilamiz, keyin hammaga beramiz.
O'zbekistondagi birinchi elektrik o'qitish simulyatori: 60+ komponent, 14 dars, 124 tilda. Hozircha faqat Android telefonlar uchun.
Batafsil va yuklab olishAllohning 99 go'zal ismini har kuni bir necha daqiqada yodlang. Belgilangan vaqtda yumshoq eslatma keladi, savollarga javob berasiz, ketma-ket kunlar sanog'i sizni ruhlantiradi.
Bepul yuklab olishGoogle Play Maxfiylik siyosatiQarz daftari va kundalik xarajatlar bir joyda. Kim qancha qarzdor, oyiga qancha sarfladingiz: haftalik, oylik va yillik hisobotlar bilan ko'rasiz.
Instagram biznes akkauntlari uchun avtomatik javob. Kimdir postingizga izoh qoldirsa, unga darhol javob va kerakli havola boradi.
Uy va korxonalarda energiya sarfini hisoblash, audit hisobotini tayyorlash va tejash bo'yicha aniq tavsiyalar beruvchi professional vosita.
Ustalar va mijozlarni bog'laydigan xizmatlar bozori. Tuman bo'yicha qidiruv, usta profili va to'g'ridan-to'g'ri yozishmalar.
Biznesingiz yoki ishingiz uchun o'z ilovangiz kerakmi? Biz bilan gaplashing: g'oyani birga ishlaydigan mahsulotga aylantiramiz.
Ilova buyurtma qilishAmudaryo tumani va atrofida ishlaymiz. Har bir ishni o'z uyimizdagidek, me'yor va xavfsizlik qoidalariga rioya qilib bajaramiz.
Yangi uy va ta'mirdan keyin to'liq simlash: kabel tortish, rozetka, o'chirgich va chiroqlarni o'rnatish.
Avtomat, UZO, kuchlanish relesi va hisoblagich bilan to'g'ri yig'ilgan, belgilangan shit.
Avtomat tushib qolyaptimi, tok yo'qmi, sim qiziyaptimi? Sababini topib, joyida bartaraf qilamiz.
LED yoritish, lyustra va spot chiroqlar, hovli va ko'cha yoritgichlari, harakat sensorlari.
Qayerda tok behuda sarflanayotganini aniqlaymiz va to'lovni kamaytirish uchun aniq yo'llarni ko'rsatamiz.
Kabel kesimi, avtomat tanlash, uch fazali ulanish va boshqa savollar bo'yicha tushunarli javob.
O'z ilovalarimizni Google Play'ga chiqargan tajribamiz bilan sizga ham yordam beramiz: rejalashtirishdan tortib do'konga joylash va keyingi qo'llab-quvvatlashgacha.
Loyihani muhokama qilishFlutter'da Android va iOS uchun bitta kod. To'lovlar, bildirishnomalar, ko'p tillilik.
Buyurtma qabul qilish, ro'yxatdan o'tkazish, Telegram Stars orqali to'lov.
Izoh va xabarlarga avtomatik javob. Kuniga mingtalab mijozga ham ulguramiz.
Tez ochiladigan, telefonda qulay, Google'da topiladigan sayt.
Assalomu alaykum! Men Ashirov Bahram, do'stlar uchun shunchaki ABU. Ko'p yillar elektrik bo'lib ishladim va ko'p yoshlar bu kasbni o'rganishga intilishini, lekin o'rganadigan joy topa olmasligini ko'rdim.
Shunday qilib Abu-Ustoz paydo bo'ldi: telefonda xavfsiz mashq qilsa bo'ladigan elektrik simulyatori. Bugun ABUELECTRIC MCHJ ikki yo'nalishda ishlaydi: odamlarga foydali ilovalar yaratamiz va Amudaryoda elektr xizmatlarini ko'rsatamiz.
Eng tez javobni Telegram'da beramiz. Odatda bir necha soat ichida.